Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Eron - Isroil ziddiyati: voqealar qisqa sharhi
18:45 / 2026-02-28

Tehron aholisi ommaviy ravishda shaharni tark etayotgan bir paytda, Isroil poytaxti Tel-Avivda portlashlar yuz bermoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Eron Isroil tomon raketalarning yangi to‘lqinini uchirdi.

Isroil bo‘ylab raketa ogohlantirishlari yangragan. Eron OAVlari yozishicha, bugun ertalabdan beri Eron kamida Isroil hududiga 35-marta aniq zarbalar bergan.

Avvalroq, Saudiya Arabistoni AQSH va Isroilning Eronga qarshi harbiy amaliyotiga qo‘shilayotgani haqida xabarlar tarqaldi. Ammo oradan biroz o‘tib, Saudiya Arabistoni TIV bu xabarlar asossiz ekanligini ma’lum qildi.

Eron prezidentining o‘g‘li otasi Ma’sud Pezeshkiyon Amerika-Isroil havo hujumi paytida suiqasd urinishidan omon qolgani va hech qanday zarar ko‘rmaganini bildirdi.

- Suiqasd urinishlari muvaffaqiyatsiz yakunlandi va boshqa amaldorlarning ham sog‘lig‘i yaxshi, -dedi u. - Biz ehtimol uzoq davom etadigan mojaroga duch kelmoqdamiz, shuning uchun bu kunlarda omon qolish uchun qat’iyat va sabr-toqat kerak.

Iordaniya, Kuvayt, Qatar va BAA Eronning amalga oshirgan hujumlarini qoralagan bo‘lsa, Norvegiya, Finlyandiya, Kuba, Ispaniya, Braziliya AQSH va Isroilning agressiyasini keskin tanqid qilib chiqdi.

Rossiya Tashqi siyosat idorasi mojaroli vaziyatni to‘xtatish muhimligini ta’kidlab, tomonlarni vazminlikka chaqirgan. RF ziddiyatning yanada rivojlanishi mintaqaviy barqarorlik uchun og‘ir oqibatlarga olib kelishi mumkinligini qayd etgan.

Fransiya prezidenti Emmanuel Makron esa AQSH, Isroil va Eron o‘rtasidagi keskinlashuv tufayli BMT Xavfsizlik Kengashini zudlik bilan chaqirishni talab qildi. Uning aytishicha, bu ziddiyat tinchlik va xalqaro xavfsizlik uchun jiddiy oqibatlarga olib keladi.

O‘.Alimov, O‘zA