Eron: Isroil to‘xtasa, biz ham to‘xtaymiz
AQSH Prezidenti Donald Tramp Eron va Isroil o‘rtasidagi “to‘liq o‘t ochishni to‘xtatish” kelishuvi yaqin soatlarda kuchga kirishini aytdi.
BBC yozishicha, tomonlarning hech biri urushni to‘xtatish bo‘yicha yakuniy qarorga kelgani yo‘q. Eron rasmiylari zarbalar to‘xtatilishi uchun avvalo yahudiylar davlati hujumni bas qilishi kerakligini ta’kidlamoqda.
Islom Respublikasi davlat matbuoti Qatardagi AQSH bazasiga “muvaffaqiyatli” hujumdan so‘ng Isroilga qarshi o‘t ochishni to‘xtatish rejimi o‘rnatilganini e’lon qildi.
Eron shanba kuni o‘zining uch yadroviy ob’ektiga berilgan kuchli zarbaga javoban AQSH aviabazasi tomon raketa uchirdi. Qatar barcha raketalar to‘xtatib qolinganini bildirdi.
Musulmon Ziyo, O‘zA