Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Eron – Isroil: Iskanjaga olingan erkinlik (+video)
18:07 / 2025-06-19

Isroil-Falastin mojaroci avj nuqtasiga yetgan bir payt Yaqin Sharqda ikkinchi olovli nuqta – Eron-Isroil urushi paydo bo‘ldi. G‘azodagi qiyinchilik, odamlar chekayotgan azob-uqubatga guvoh bo‘layotgan dunyo hamjamiyati endi boshqa bir qarama-qarshilik oqibatini kuzatishga majbur. Tabiiyki, ayni vaziyat Yaqin Sharqdagi tinchlik va barqarorlikka tahdid solmoqda.

Isroil Islom Respublikasining “yadroviy dasturiga qarshi kurashish" maqsadida Eronga qarshi urush ochdi. Bir necha kun ichida havodan berilgan zarbalar orqali Eron rasmiy doira vakillarining ko‘pchiligi yo‘q qilindi, o‘nlab "shubhali" ob’ektlar nishonga olindi. Bu hujumlar Eronning harbiy inshootlariga zarar yetkazish, mintaqadagi ta’sirini kamaytirishga qaratilgan. Eron ham jiddiy harbiy javob yo‘llamoqda.

Mazkur nizo tafsilotini chuqurroq tahlil qilish maqsadida O‘zA muxbiri Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti o‘qituvchilari Habibullo Azimov va Ravshan G‘oziyevga murojaat qildi.

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/rho8o26Fyq8" title="Eron – Isroil: Iskanjaga olingan erkinlik" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Musulmon Ziyo, Doniyor Yoqubov (video), O‘zA