Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Eron Isroil hujumida necha kishi halok bo‘lganini ma’lum qildi
09:59 / 2025-07-01

Isroilning Eron hududiga bergan zarbalari oqibatida halok bo‘lganlar soni 935 kishiga yetdi, deb xabar tarqatdi Islom Respublikasi sud hokimiyati vakili Asqar Jahongir.

– Isroil va AQSH Eronda mingga yaqin odamni o‘ldirdi, – dedi Jahongir “Tasnim” axborot agentligi muxbiriga. – So‘nggi sud-tibbiy ekspertiza ma’lumotiga ko‘ra, qurbonlarning 38 nafari bolalar, 102 nafari ayol. Tehrondagi Evin qamoqxonasiga uyushtirilgan hujumdan so‘ng 79 kishi hayotdan ko‘z yumdi. Bu raqam mahkumlar, mahbuslarni ko‘rishga kelgan qarindoshlar va ma’muriy xodimlar yig‘indisidir.

13 iyunga o‘tar kechasi Isroil Eronni maxfiy harbiy yadro dasturini amalga oshirishda ayblab, maxsus amaliyot boshladi. Bunga javoban Eron ham Isroilga qarata raketalar yo‘lladi.

Tomonlar 12 kun davomida zarbalar almashdi. 22 iyunga o‘tar kechasi AQSH ham mojaroga qo‘shildi va Eronning yadroviy inshootlariga bir marta hujum qildi. Shundan so‘ng Tehron ham 23 iyun kuni kechqurun Qatardagi AQSHning Al-Udayd bazasiga raketadan zarba berdi va Eron tomoni bundan buyon keskinlashmoqchi emasligini bildirdi. 24 soatdan keyin Prezident Donald Tramp Isroil va Eron 12 kunlik urushni rasman tugatadigan sulh tuzganini ma’lum qildi.

S.Rahimov, O‘zA