Eron - Isroil: Hal qiluvchi palla yaqinlashmoqda
Donald Tramp Eron poytaxtidagi aholini zudlik bilan evakuatsiya qilish kerakligini aytganidan ko‘p o‘tmay, Tehronda yana portlashlar eshitildi. Bu haqda BBC yozdi.
AQSH Prezidenti Yaqin Sharqdagi vaziyat tufayli G7 sammitidagi ishtirokini ham muddatidan oldin yakunladi va zudlik bilan Milliy xavfsizlik kengashi yig‘ilishini chaqirdi. Rasmiylar fikricha, mamlakatda ko‘pchilik Isroilning Eronga hujumini ma’qullamayapti.
Isroilda ham yana bir necha bor xavf qo‘ng‘irog‘i yangradi. Jiddiy zarar kuzatilmagan.
Kecha ertalab Isroil Tehrondagi davlat matbuoti binolariga zarba berdi. Hujum televideniye orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri uzatilgani aytilmoqda.
Eron sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lum qilishicha, juma kunidan beri kamida 224 kishi halok bo‘lgan. Yahudiy davlatida qurbonlar soni avvalroq 24 nafarga yetgan edi.
Musulmon Ziyo, O‘zA