Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Eron Islom Respublikasi Oliy rahbari halok bo‘lgani aytilmoqda
10:30 / 2026-03-01

Eron hukumati va Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi (IIQK) Isroil va AQSH havo hujumi natijasida Oliy Rahbar Humonaiy vafot etganini tasdiqladi.

Mamlakat bo‘ylab 40 kunlik milliy motam e’lon qilindi.

– ...Va bu gal to‘liq kuch va qat’iyat bilan, Islom ummati va dunyoning ozod xalqiga tayanib, biz ushbu ulkan jinoyatni sodir etganlar va tashkilotchilarni o‘z qilmishlaridan pushaymon qilishga majburlaymiz, – deya ta’kidlangan hukumat rasmiy bayonotida.

IIQK matbuot xizmati “Qurolli kuchlar tarixidagi eng yirik hujumkor amaliyot” yaqinda boshlanishini e’lon qildi.

Isroil armiyasi matbuot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, havo hujumi mamlakat harbiy rahbariyatining yuqori lavozimli vakillari to‘plangan bir necha joyga oldindan ogohlantiruvchi zarbalar bilan boshlangan. Oqibatda Oliy rahbarning xavfsizlik bo‘yicha shaxsiy maslahatchisi, Xavfsizlik kengashi kotibi Ali Shamhoniy halok bo‘lgan. Ta’kidlanishicha, u mamlakatning xavfsizlik bo‘yicha qaror qabul qilish jarayonida yetakchi hisoblangan.

Shuningdek, mamlakat mudofaa vaziri Aziz Nosirzoda, IIQK bosh qo‘mondoni  Muhammad Pokpur, Razvedka boshqarmasi boshlig‘i Solih Asadiy, Oliy rahbar huzuridagi Harbiy boshqarma boshlig‘i Muhammad Sheroziy, Mudofaa innovatsiyasi va tadqiqoti tashkiloti (SPND) raisi Husayn Jabol Amaliyon, SPND sobiq raisi Rizo Muzaffariy-Niyo ham qurbon bo‘lgan.

Humonaiyning o‘rnini kim egallaydi?

Humonaiy yakka hokim yetakchi bo‘lib, uning vorisi masalasi oldindan o‘ylangan,  deb yozdi “The New York Times”.

Shanba kuni havo hujumidan oldin Humonaiy mamlakat va rejimni omon qolishga tayyorlash uchun ehtiyot chorasini ko‘rdi. U boshqaruvni eng yaqin ittifoqchilaridan biri, hozir Milliy Xavfsizlik kengashi kotibi lavozimida ishlaydigan tajribali siyosatchi Ali Larijoniyga topshirdi.

Tramp “CBS News” telekanaliga bergan intervyusida Oliy rahbar o‘limi haqida xabar tarqalgandan keyin Eron bilan kelishuvga erishish ancha osonlashdi, dedi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Humoniyning o‘limidan keyin Eronga rahbarlik qilish uchun bir necha yaxshi nomzod bor, ammo bu haqda batafsil ma’lumot hali berilmadi.

Shuningdek, Amerika yetakchisi Eronning qasos hujumi hozirgacha AQSH va ittifoqchilar kutganidan kamroq ekanini ta’kidladi: Biz ikki barobar ko‘p bo‘ladi, deb o‘ylagandik. Hozircha biz kutganimizdan kamroq.

S.Rahimov, O‘zA