Eron Islom Respublikasining O‘zbekistondagi elchisi Muhammad Ali Iskandariy boshchiligidagi delegatsiya a’zolari Jizzax viloyatiga tashrif buyurdi.
Muhammad Ali Iskandariy o‘z tashrifi davomida viloyatdagi bir nechta yirik sanoat va ishlab chiqarish korxonalarida bo‘ldi.
Jizzax viloyati hokimligi Anjumanlar saroyida viloyat hokimi Ergash Saliyev Muhammad Ali Iskandariy boshchiligidagi Eron Islom Respublikasi delegatsiyasi a’zolari bilan uchrashdi. Uchrashuvda ikki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlik, savdo-iqtisodiy aloqalarni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
So‘ngra, delegatsiya a’zolari mamlakatimizda faoliyat olib borayotgan bir qancha yirik tadbirkorlik sub’ektlari rahbarlari bilan ham uchrashuv o‘tkazdi. Unda Jizzax viloyatining yirik tadbirkorlari Eron Islom Respublikasi davlati bilan o‘zaro hamkorlik masalalari bo‘yicha o‘z taklif va mulohazalarini bildirdi.
Eron Islom Respublikasi delegatsiyasi a’zolarining Jizzaxda o‘tgan uchrashuvlari har ikkala tomon uchun manfaatli bo‘ldi.
A.Qayumov, J.Yorbekov (surat), O‘zA.