Eron hukumati sobiq prezident Hasan Ruhoniyga qarshi ish ochdi
Eron maxsus prokuraturasi sobiq prezident Hasan Ruhoniyga qarshi bir qator tergov ishlarini boshladi. U moliya bozorida amalga oshirgan firibgarliklari bo‘yicha ayblanmoqda. Endi u sud qarshisida bir necha masalalar bo‘yicha javob berishi kerak, degan Eron Sud hokimiyati rasmiy vakili Masud Setayeshi.
Tasnim agentligining yozishicha, tergov ishi Ruhoniyning valyuta bilan bog‘liq firibgarliklari uchun ochilgan, shuningdek, u Eron fond bozori faoliyatiga ham aralashgani aytilmoqda.