Eron qariyb besh soat davomida havo maydonini yopib turgach, xalqaro va ichki parvozlarni qayta yo‘naltirdi. Vaqtincha yopilish AQSH va Eron o‘rtasidagi ehtimoliy harbiy harakat xavfi sabab yuz bergandi.
Havo hududi mahalliy vaqt bilan soat 17:15 da yopilib, faqat ruxsat olingan xalqaro parvozlargina amalga oshirildi. "Flightradar24" ma’lumotiga ko‘ra, "Mahan Air", "Yazd Airways" va "AVA Airlines" kompaniyalariga tegishli besh reys bilan tanaffus tugadi.
Bu galgi vaziyatda ham avvalgi haftadagi cheklovga o‘xshash holat kuzatildi. Ya’ni, ko‘plab samolyotlar mamlakat uzra parvoz qildi. Ma’lum bo‘lishicha, Qo‘shma Shtatlar rasmiylari ba’zi harbiy xodimlarni Yaqin Sharqdagi bazalardan qaytarishini ma’lum qilgan. Eron esa AQSH hujum qilsa, Amerika bazalari nishonga olinishi mumkinligidan ogohlantirdi.
"Safe Airspace" saytiga ko‘ra, vaziyat jiddiy harbiy harakat xavfini yuzaga keltirishi, fuqarolik parvozlari uchun tahdid yaratishi mumkin.
Musulmon Ziyo, O‘zA