Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Eron harbiylari raketa zaxirasini kuchaytirdi
22:01 / 2026-01-15

Eron xavfsizlik kuchlari AQSHning aralashuvi bilan bog‘liq keskinlik kuchayib borayotgan bir paytda jangovar tayyorgarlik oshirilganini e’lon qildi.

Mamlakatning raketa zaxirasi o‘tgan yilgi Isroil bilan 12 kunlik mojarodan keyin ko‘paygan, dedi Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi (IIQK) Aerofazoviy kuchlari qo‘mondoni Majid Musaviy mahalliy "Fars News" axborot agentligiga.

- Biz tayyorgarlikning eng yuqori cho‘qqisidamiz, - degan u.

Shuningdek, Qurolli kuchlar shtabi boshlig‘i general-mayor Abdulrahim Musaviy ham mamlakat o‘z mustaqilligi va xavfsizligini murosasiz himoya qilishini yana bir bor tasdiqlagan. Uning so‘zlariga ko‘ra, o‘tgan yilgi jang payti yetkazilgan zarar qoplangan, IIQK aerofazoviy kuchlarining turli bo‘linmalarida ishlab chiqarish hajmi 2025 yil iyunidan oldin qayd etilgan darajadan ham oshib ketgan.

Mazkur bayonot AQSH Prezidenti Donald Trampning hukumatga qarshi norozilik namoyishi ortidan vaziyatga aralashish ehtimoli haqidagi tahdidi asnosida yangradi. Tehron avvalroq ham AQSH hujum qilgan taqdirda, mintaqadagi Amerika harbiy inshootlari javob zarbasi nishoni sifatida ko‘rilishidan ogohlantirgan edi.

Darvoqe, seshanba kuni Tramp Erondagi namoyishchilarni hukumat inshootlarini egallab olishga chaqirgan.

G.Sattorova, O‘zA