English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Eron fuqarolari yoʻldosh texnologiyalarini oʻgʻirlaganlikda ayblanmoqda
11:14 / 2020-09-18

AQSH hukumati uch nafar eronlikni AQSH aerokosmik va yoʻldosh texnologiyalarini oʻgʻirlash maqsadida kompyuter tizimini buzib kirishda ayblaydi, deyiladi mamlakat adliya vazirligi saytida.


AQSH hukumati uch nafar eronlikni AQSH aerokosmik va yoʻldosh texnologiyalarini oʻgʻirlash maqsadida kompyuter tizimini buzib kirishda ayblaydi, deyiladi mamlakat adliya vazirligi saytida.

Saytda eʼlon qilingan ayblov nusxasida uch nafar eronlik 2015-yil iyuldan 2019-yil fevraligacha koʻplab kompaniya va tashkilotlar saytlarini buzib kirish amaliyotida ishtirok etgan.

Hujjatda keltirilishicha, hujum qilish kerak boʻlgan nishonlar soni 1800 taga yetgan. Ushbu nishonlar aerokosmik va sunʼiy yoʻldoshlar yaratish sohasida faoliyat koʻrsatayotgan tashkilotlarga tegishli boʻlgan.

Qolaversa, xabarda ularning nishonida Avstraliya, Isroil, Singapur, AQSH va Buyuk Britaniyaning xalqaro hukumat tashkilotlari ham boʻlgani aytilmoqda.

Uch kishining har biriga 20 yildan qamoq jazosi berishilishi mumkin.