French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Eron dronlari Ozarbayjon hududiga zarba berdi (+video)
21:00 / 2026-03-05

Uchta Eron droni Naxichevan xalqaro aeroporti yo‘lovchi terminaliga zarba berdi. Bu haqda Euronewsga Ozarbayjon rasmiylari ma’lum qilgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, hujum natijasida kamida ikki kishi jarohat olgan. Dronlardan biri aeroport terminali binosiga urilgan, yana biri esa Shakarobod qishlog‘idagi maktab yaqiniga qulagan. Naxichevan xalqaro aeroporti Eron chegarasidan taxminan 10 kilometr uzoqlikda joylashgan.

Ozarbayjon Tashqi ishlar vazirligi bayonotida bu hujumlar Eron Islom Respublikasi hududidan amalga oshirilgani aytildi.

“Aeroport binosiga zarar yetkazgan va ikki nafar tinch aholining jarohat olishiga sabab bo‘lgan bu dron hujumlarini qat’iy qoralaymiz”, - deyiladi vazirlik bayonotida.

Hodisadan keyin Ozarbayjon Tashqi ishlar vazirligi Eronning Bokudagi elchisini vazirlikka chaqirdi. Bu haqda 5-mart kuni tarqatilgan rasmiy bayonotda aytildi.

Boku rasmiylari bu hodisani xalqaro huquq normalari va tamoyillarining buzilishi, deb baholadi. Shuningdek, bu voqea mintaqadagi keskinlikni yanada kuchaytirishi mumkinligi ta’kidlandi.  

Ozarbayjon TIVi Erondan bu voqea bo‘yicha tez orada aniq izoh berishni, to‘liq tekshiruv o‘tkazishni va bunday hujumlar qayta takrorlanmasligi uchun zarur choralar ko‘rishni talab qildi.

Voqea bo‘yicha Eron tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Kozim G‘aribobodiy Ozarbayjonning AnewZ nashriga intervyu berdi. Unda Tehron tomonidan Ozarbayjon hududiga berilgan zarba haqidagi xabarni rad etdi. Uning aytishicha, Eron qo‘shni davlatlarga zarba bermaydi va Tehronning zarbalari faqat AQSH harbiy bazalariga qaratilgan. Shu bilan birga, vazir o‘rinbosari mazkur holat alohida va sinchkovlik bilan tekshirilishi kerakligini ham qo‘shimcha qildi.

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/3hAtP1D2Oqc" title="Eron dronlari Ozarbayjon hududiga zarba berdi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Kenja Bekjonov, Salimjon Obidjon, O‘zA