Eron diplomati AQSHga Eronning yadroviy dasturiga qaytish imkonini beruvchi “darcha” yopilishini eslatdi
Eronning BMTdagi doimiy vakili Majid Taxt-Ravanchi AQSH prezidenti Jo Bayden ma’muriyatini Eronning yadroviy dasturiga qaytish bilan bog‘liq ishlarni jadallashtirishga chaqirdi va aks holda mazkur imkon taqdim etiluvchi “darcha” yopilishini eslatdi.
Doimiy vakilning aytishicha, yangi prezident ma’muriyati Donald Tramp davrida AQSH bir yoqlama chiqqan mazkur kelishuvga qaytish masalasini tezda hal etishi lozim.
“Bundagi harakatlarga boshqacha yo‘nalish beruvchi Eron emas, aynan AQSH hisoblanadi”, dedi Taxt-Ravanchi “USA Today”ga bergan intervyusida.