French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Eron bilan mahkumlarni topshirish to‘g‘risidagi Shartnoma ratifikatsiya qilinmoqda
11:09 / 2024-01-20

Senat yalpi majlisida “O‘zbekiston Respublikasi bilan Eron Islom Respublikasi o‘rtasida mahkumlarni topshirish to‘g‘risidagi Shartnomani (Tehron, 2023 yil 18 iyun) ratifikatsiya qilish haqida”gi qonun ko‘rib chiqildi.

Shartnomaning ratifikatsiya qilinishi jinoyat sodir etish natijasida ozodlikdan mahrum etilgan O‘zbekiston va Eron fuqarolariga sud tomonidan tayinlangan jazoni o‘z mamlakatida o‘tashlari uchun huquqiy asos va mahkumlarni topshirish sohasida ikki tomonlama hamkorlikni amalga oshirish imkoniyatini yaratadi.

Shartnoma 2023 yil 18 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Eronga rasmiy tashrifi davomida imzolangan edi.

Hujjatga ko‘ra, mazkur Shartnomani ratifikatsiya qilish orqali uning kuchga kirishi mahkumlarni topshirish sohasidagi normativ-huquqiy bazani shakllantirib, ikki davlat vakolatli organlarining ushbu sohadagi o‘zaro hamkorlik samaradorligini oshiradi.

Senatorlar ma’qullagan qonun mahkumlarga jazoni o‘z yurtida o‘tashi ularga yaqin qarindoshlari bilan muntazam ko‘rishib turish imkonini beradi. Bu esa, o‘z navbatida, oilaviy munosabatlarga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi, shuningdek, mahkumlarning ijtimoiy hayotga moslashishiga yordam beradi. 

                                                        N.Abduraimova, O‘zA