Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Eron atom bomba yasashga qurbi yetishini, biroq bu masala kun tartibida turmayotganini ma’lum qildi
18:42 / 2022-08-02

Eron atom energiyasi bo‘yicha tashkilot rahbari Muhammad Eslamiyning Fars yarim rasmiy axborot agentligiga ma’lum qilishicha, hozirda Eronda atom bomba yaratish uchun texnik imkoniyat mavjud, biroq ushbu masala kun tartibida turgani yo‘q.

Uning qo‘shimcha qilishicha, ayrim g‘arb mamlakatlari  jamoatchilikni chalg‘itish uchun Eronga nisbatan asossiz ayblovlarni ilgari surmoqda.

Eronning Xalqaro munosabatlar bo‘yicha strategik kengashi rahbari Kamol Xarraziy iyul oyi oxirida, “Eron atom bomba yasash uchun zarur texnik salohiyatga ega, uronni 20 foizdan 60 foizgacha boyita oladi, biroq yadro quroli yaratish niyati yo‘q”, deb bayonot bergan edi.