Eron-AQSH ziddiyati xalqaro parvozlarni cheklamoqda
Rossiya va Ukraina Erondagi voqealar tufayli Eron va Iroq boʻylab havo hududlarida parvozlarni toʻxtatdi.

Rossiya Federal havo transporti agentligi (Roaviatsiya) Rossiyaning aviakompaniyalariga Eron, Iroq, Fors va Ummon davlatlarining havo hududlaridan foydalanmaslikni tavsiya qildi.
Agentlikning telegrammasida fuqaro samolyotlarining xalqaro parvozlari mavjud boʻlgan xavflar toʻgʻrisida keyingi xabarni berishidan oldin ROSAVIATSIYA, Rossiya Federatsiyasining fuqarolik samolyotlari, shu jumladan, tranzit reyslari uchun Eron, Iroq, Fors va Ummon koʻrfazi hududlari orqali havo boʻshligʻidan foydalanmaslikni tavsiya qiladi, deyilgan.
Tehron aeroportida qulagan Ukraina samolyotidan keyin, bir qator xalqaro aviakompaniyalar ham Eronga amalga oshiriladigan parvozlarni nomaʼlum muddatga toʻxtatib qoʻyishgan.
Ukraina xalqaro aviakompaniyasi oʻzining feysbukdagi sahifasida “Bugundan boshlab, Tehronga reyslarini nomaʼlum muddatga toʻxtatib qoʻyishga qaror qildi” deb yozdi.
Ukraina xalqaro aviakompaniyasining Boeing-737 samolyoti chorshanba kuni ertalab Tehron janubidagi aeroportdan Kiyevga uchayotib qulagan. Halokatga uchragan kema bortida 177 yoʻlovchi va ekipaj boʻlgan, ularning barchasi vafot etgan.
Samolyot halokati Eronning Iroqdagi Amerika harbiy bazalariga raketa hujumini uyushtirganidan koʻp oʻtmay sodir boʻlgani sababli, taxminlar orasida Eron raketasining AQSH harbiy bazalariga uchirilgani ehtimoli ilgari surilgan edi.
Yaqin Sharqdagi harbiy faollik va siyosiy taranglik tufayli AQSHning fuqarolik parvozlari Yaqin Sharqning katta qismida, shu jumladan, Eron, Iroq, Fors va Ummon davlatlari boʻylab taqiqlangan.
Xitoy Iroq va Erondagi voqealarni diqqat bilan kuzatayotganini aytdi, ammo bu davlatlarga aviareyslarni toʻxtatgani haqida hali xabar bermadi.