Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Eron: AQSH va Isroil aralashsa, javob qattiq bo‘ladi (+video)
16:05 / 2026-01-12

Eron parlamenti spikeri Muhammad Bagir G‘olibof AQSH prezidentining tahdidlariga qarshi bayonot berdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Eronga qarshi har qanday hujum javobsiz qolmaydi.

Ikki haftadan beri Eronni umummilliy norozilik namoyishlari qamrab olgan. Inson huquqlari tashkilotlari ma’lumotlariga ko‘ra, to‘qnashuvlar oqibatida kamida 538 kishi halok bo‘lgan. Ammo, haqiqiy qurbonlar soni bundan ham ko‘p bo‘lishi mumkinligi aytilmoqda. Bundan tashqari 10 mingdan ortiq kishi hibsga olingan. Eron hukumati esa halok bo‘lganlar soni bo‘yicha rasmiy ma’lumot bermagan, deya xabar berdi Evronews.

Internet va mobil aloqaning o‘chirilishi sababli namoyishlarni xorijdan kuzatish qiyinlashgan. Chet eldagi eronliklar axborot blokadasi qonli repressiyalarga olib kelishi mumkinligidan xavotir bildirmoqda. AQSH prezidenti Donald Tramp ijtimoiy tarmoqlarda namoyishchilarni qo‘llab-quvvatlab, “Eron, ehtimol, hech qachon bu qadar ozodlikka yaqin bo‘lmagan. AQSH yordam berishga tayyor!” deb yozdi.  

Shanba kuni New York Times va Wall Street Journal gazetalari noma’lum amerikalik manbalarga tayanib, Trampga Eronga zarba berish variantlari taklif etilgani, biroq yakuniy qaror qabul qilinmagani haqida xabar berdi. Urush boshlash haqidagi har qanday qaror 86 yoshli Eron oliy rahbari Oyatulloh Ali Humonaiy tomonidan qabul qilinadi. Tahlilchilarning  fikricha, ayniqsa Isroil bilan bo‘lgan 12 kunlik urushda Eronning havo mudofaa tizimlari yo‘q qilingan edi, shu sabab Tehronning zarba berish niyati qay darajada jiddiy ekani hanuz noaniq.

<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/mf9KFRaxANg" title="Eron: AQSH va Isroil aralashsa, javob qattiq bo‘ladi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Kenja Bekjonov, Anvarxo‘ja Ahmedov (video), O‘zA