Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Eron AQSH ittifoqchilariga qarshi Rossiya taktikasini qo‘llamoqda
17:27 / 2026-03-03

Tehron Fors ko‘rfazi davlatlariga qarshi keng ko‘lamda dronlardan foydalanishga o‘tib, Amerika bazalari va fuqarolik infratuzilmasini nishonga oldi. “The Wall Street Journal” nashri yozishicha, bunday strategiya Rossiya Ukrainaga qarshi urushda qo‘llayotgan usullar to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘zlashtirilishidir.

- Bunday hujumlardan ko‘zlangan asosiy maqsad aholini ruhiy jihatdan charchatish uchun tizimli ravishda asosiy infratuzilmani yo‘q qilishdir, - deyilgan xabarda. - Shuningdek, Eron mintaqaviy raqiblarga iloji boricha ko‘proq iqtisodiy zarar yetkazishga intiladi.

Mutaxassislar "arab monarxlari to‘rt yil davomida dron hujumiga samarali qarshilik ko‘rsatib kelayotgan Kiyevdan saboq olish vaqti kelgan"iga e’tibor qaratyapti. Ta’kidlanishicha, Ukraina hujumni to‘xtatuvchi arzon dronlar va tarmoqqa ulangan barvaqt ogohlantirish tizimidan muvaffaqiyatli foydalanmoqda. Ko‘rfaz mamlakatlari ishonchli mudofaani ta’minlash uchun tezkor razvedka ma’lumoti almashishni yo‘lga qo‘yishi kerak. Past uchuvchi dronni nishonga olishga qodir ko‘p qatlamli mudofaa tizimi yaratilishi ham yaxshi samara beradi.

S.Rahimov, O‘zA