Eron rasmiylari uranni boyitishni to‘xtatib turish, zaxiraning bir qismini chet elga ko‘chirish va AQSH tomonidan Eronga hujumning oldini olishi mumkin bo‘lgan yadroviy muzokara masalasini ilgari surish uchun biznes bitimi tuzishni rejalashtirmoqda.
Ikki davlat diplomatlari so‘zlariga ko‘ra, Islom Respublikasi yuqori darajada boyitilgan uran zaxirasining bir qismini Rossiyaga yuborishga tayyor. Bundan tashqari eronliklar jarayonni uch yilgacha to‘xtatib turishga ham roziligini aytgan.
Ma’lumki, Tehron iyun oyida AQSH hujumi oqibatida asosiy yadroviy inshootlar ishdan chiqqach, uran boyitilishini to‘xtatgan.
Ekspertlar aytishicha, fevral oyi boshida bo‘lib o‘tgan birinchi uchrashuvda Eron o‘zi foydalanishi mumkin bo‘lgan boyitilgan uran yonilg‘i qurilmalarini ishlab chiqarish uchun mintaqaviy kelishuv guruhi tuzishni ham taklif qilgan. Binobarin, hozircha Islom Respublikasi AQSH ishtirok etmaydigan ichki ishlab chiqarish tizimini saqlab qolish fikrida sobit, deya ta’kidlamoqda diplomatlar.
S.Rahimov, O‘zA