Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Eron Akbariy Britaniyadan katta miqdorda pul olganini aytgan
12:35 / 2023-01-22

Ayg‘oqchilikda ayblanib qatl etilgan Eron Mudofaa vazirining sobiq maslahatchisi Alirizo Akbariy Britaniya rasmiylaridan ikki million yevrodan ko‘proq pul, shuningdek, Yevropaning bir qancha shaharlaridan uy-joy olgan. Bu haqda Eron axborot va milliy xavfsizlik vazirligi ma’lum qildi.

“Britaniya Akbariyning Erondan qochishini rejalashtirgan va unga ikki million yevrodan ko‘proq pul to‘lagan”, deyiladi vazirlik bayonotida.    

Vazirlikka ko‘ra, Akbariyga Venada, London va Ispaniya janubida ham uy berilgan. Ayg‘oqchi Britaniya rasmiylaridan yashash uchun ruxsatnoma olgan, Birlashgan Qirollik fuqaroligini qabul qilgan.

Eron tomoni London Akbariydan maxfiy harbiy loyihalar, sanksiyalarni chetlab o‘tish usullari, shuningdek, Eronning turli davlat idoralari va olimlari bilan bog‘liq ma’lumotlarni olib turgan.

11 yanvar kuni “ISNA” agentligi Eron sudi mudofaa vaziri maslahatchisi bo‘lgan Akbariyni o‘lim jazosiga hukm qilgani xabarini tarqatgan. 14 yanvar kuni hukm ijro etilgan, deb xabar bergan “IRNA” agentligi.  

O‘zA