French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Eron ahmoniylaridan tortib yunonlargacha qarshi turganmiz
15:57 / 2019-08-26

Shu kunlarda qaysi mahallada bo‘lmang, kim bilan gaplashmang hamma joyda istiqlol shukuhi kezib yuribdi.


Shu kunlarda qaysi mahallada bo‘lmang, kim bilan gaplashmang hamma joyda istiqlol shukuhi kezib yuribdi. Albatta, taqdiridagi yuksalish va o‘zgarishlarni mustaqillik bayrami bilan bog‘lovchi yurtdoshlarimiz juda ko‘p. Bu borada Qashqadaryolik yurtoshlarimiz orasidan dil so‘zlarini bildirganlar juda ko‘pchilikni tashki etmoqda. Ularning ba’zi birlarini mulohazlarini e’tiboringizga havola etamiz.

Gulnora Muhammadieva, DSQ huzuridagi malaka oshirish markazi Qashqadaryo viloyati hududiy filiali vakili:

–O‘tmishi qadim zamonlarga borib taqaladigan xalqimiz necha ming yillar davomida qanchadan-qancha istilochilarning jabru sitamlarini, qiyinchiliklarni boshidan kechirgan. Kurrai zaminimizda hayot endigina shakllanib, odamlar davlatchilikka asos sola boshlagandan buyon yurtimizga ko‘plab bosqinchilar kelib, ota-bobolarimizga jabru sitam yetkazganiga tarix guvoh.

Eron ahmoniylaridan tortib yunonlar, arablar, mo‘g‘ullar hamda chor Rossiyasi bosqinchilari turli davrlarda yurtimizga istilochilik yurishlari uyushtirib, qadriyatlarimizni toptagan, boyliklarimizni tashib ketgan. O‘z davrida Shiroq, To‘maris, Spitamen, Jaloliddin Manguberdi, Temur Malik, Amir Temur singari xalqimiz qahramonlari bosqinchilarga qarshi mardonavor kurashgan. 

Bundan yigirma sakkiz yil oldin mamlakatimiz mustaqillikka erishdi. Istiqlol tufayli qadim qadriyatlarimiz o‘zimizga qaytdi, xalqimiz tarixi va boy merosini o‘rganish baxtiga muyassar bo‘ldik. Har bir yurtdoshimiz mamlakatimizda olib borilayotgan keng qamrovli islohotlardan mumnun. Har yili xalqimizning eng ardoqli bayrami hisoblangan mustaqillik kuniga katta tayyorgarlik ko‘riladi. Inson uchun eng katta baxt bu uning erkinligi, xaq-huquqlari kafolatlanganligidan. 

Yoqub SAFAROV,
Qashqadaryo viloyat Davlat soliq boshqarmasi xodimi:

–Xalqimiz hayoti va tarixiy taraqqiyoti davomidagi yutuqlarining eng kattasi bu shubhasiz, mustaqillikka erishganimizdir. Bundan yigirma sakkiz yil avval 31 - avgust oilamizda bayram sifatida qarshi olingandi. Ana shu kun maktabga borib, a’lo baholarda o‘qidim. Oliygohni ham muvaffaqiyatli tamomladim. Hozir Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi malaka oshirish markazi viloyat hududiy filialida bosh mutaxassisman. 

Istiqlol. Bu so‘zning mazmun-mohiyati o‘tgan qisqa davr mobaynida xalqimizning hayotiga singib ketdi. Boshqa sohalar qatori soliqchilik tizimida ham o‘zgarishlar bo‘lmoqda. Xususan, Soliq siyosatini takomillashtirish konsepsiyasi doirasida jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ining stavkasi 12 foiz qilib belgilandi, oylik ish haqidan pensiya jamg‘armasiga ushlab qolinadigan 8 foizli sug‘urta badali bekor qilindi. Bu borada tadbirkorlar uchun ham qulayliklar yaratildi.

Mustaqil mamlakatimizda tadbirkorlar uchun keng imkoniyatlar yaratilayotganligi, har bir oilada ishbilarmonlik muhiti shakllanayotganligi o‘zining ijobiy samarasini bermoqda. Bo‘sh yotgan tomorqalarda issiqxonalar tashkil qilinib, bog‘lar yaratilmoqda. Parrandachilik yo‘lga qo‘yilib, parhezbop go‘sht yetishtirish yo‘lga qo‘yilmoqda. Bunday o‘zgarishlar odamlarning iqtisodiy jihatdan yuksalishiga xizmat qiladi. Natijada yurtimiz ravnaq topib, mustaqilligimiz mustahkamlab boraveradi.

Bahrom Ashirov,
Dehqonobod tumanidagi «Ilhom – Olmazor» fermer xo‘jaligi rahbari: 

– Mustaqil yurtimiz taraqqiyotiga, xalqimiz farovonligini ta’minlashga munosib hissa qo‘shish maqsadida «Il¬hom – Olmazor» fermer xo‘jaligini tashkil qildim. Ixtiyorimizdagi 5 gektar maydonga shaftoli, olma, jiyda, yong‘oq ko‘chatlari ekdim. Ayni kunlarda olma hosilga kirdi. 

O‘tgan yili sig‘imi 200 tonna suv hovuzi qazdirib, 1500 donadan ortiq zog‘ora baliq chavaqlarini tashladik. Hozir baliqlar bir kilodan tosh bosadi. Bo‘rdoqiga boqilayotgan o‘ttiz bosh xisori qo‘chqorlar ham yaxshigina semirib qolgan. Ularning har biri 50-60 kilogrammdan tosh bosishini inobatga oladigan bo‘lsak, joriy yilda 2 tonnaga yaqin sifatli go‘sht yetkazib beriladi. 200 bosh kurkani kimyoviy ozuqasi, xo‘jaligimizdagi yo‘ng‘ichqazorda boqayapmiz. Qish mavsumida xalqimiz dasturxoniga yigirma tonnadan ortiqroq parranda go‘shti yetkazib berishni dilga tukkanmiz.

Joriy yilgi daromadimizdan 4 sotixda issiqxona qurib pomidor, bodring yetishtirishni yo‘lga qo‘yamiz. Mamlakatimizning iqtisodiy salohiyatini oshirishga o‘z mehnatimiz bilan kamtarona ulush qo‘shayotganligimizdan faxrlanib, yanada yuksak marralarni ko‘zlab mehnat qilamiz. Ana shunday xalqimiz qaddini ko‘targan, hurlik sari yetaklagan ayyomlarimiz abadiy bo‘lsin.

Ziyodulla XALILOV yozib oldi