English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Eron 33 davlat, jumladan O‘zbekiston uchun ham vizani bekor qildi
19:52 / 2023-12-15

Eron Vazirlar Mahkamasi bir tomonlama tartibda 33 davlat fuqarolari uchun vizasiz rejim o‘rnatish bo‘yicha qaror chiqardi. Bu haqda mamlakat madaniy meros, hunarmandlik va turizm vaziri Izzatulloh Zurg‘omiy ma’lum qildi.

“IRNA” ma’lumotiga ko‘ra, viza tartibi bekor qilingan mamlakatlar orasida O‘zbekiston ham bor. Shuningdek, ro‘yxatda BAA, Saudiya Arabistoni, Bahrayn, Qatar, Kuvayt, Hindiston, Rossiya, Livan, Qirg‘iziston, Tojikiston kabi davlatlar bor.

– Hukumat butun dunyoga mamlakat eshiklarini ochmoqda, – dedi vazir. – Eron dunyo, odamlar bilan muloqot qilish, eronofobiya bilan kurashish niyatida. Ushbu chora mamlakatga keladigan chet el fuqarolari bilan yaqin munosabatga kirishish uchun qulay imkoniyat yaratadi.

Darvoqe, janob Zurg‘omiy taklifda dastlab ko‘rsatilgan 60 mamlakat orasidan yakunda 33 tasi ma’qullanganini ham aytib o‘tdi.

B.Xudoyberdiyev, O‘zA