Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Eron 2022 yil martdan buyon qurol-yarog‘ eksportini uch barobarga oshirgan
19:18 / 2023-02-08

Eronning qurol-yarog‘ eksporti 2022 yil mart oyidan buyon avvalgi yilning shu davri bilan taqqoslaganda uch barobarga oshdi, deb bayonot berdi Eron mudofaa vaziri o‘rinbosari general Seyed Mexdi Farraxiy.

"Bizning mudofaa mahsulotlarimiz eksporti muntazam oshib bormoqda. Avvalgi yil bilan solishtirganda o‘tgan yili eksport hajmi uch barobarga oshdi", – deya keltiradi uning gaplarini IRNA agentligi.

Vazir o‘rinbosarining ta’kidlashicha, mamlakatda harbiy sanoat kompleksini jadal rivojlantirish bundan o‘n yil avval boshlangan edi. Natijada harbiy mashqlarda mahalliy harbiy texnikalarning ishtiroki 10 foizdan 93 foizga oshgan.

Eronlik generalning ta’kidlashicha, dunyoda Eronga qarshi kuchlarning ko‘pligi bois respublikaning mudofaa sanoati xususiy emas, balki hukumat qo‘lida bo‘lishi lozim.