Ermatov Otabek Sayitovichning texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida
“Past haroratda olingan quyultirilgan tomat sharbati asosida souslar tayyorlash texnologiyasini takomillashtirish” mavzusida
Ermatov Otabek Sayitovichning 02.00.17 - “Qishloq xo‘jalik va oziq-ovqat mahsulotlariga ishlov berish, saqlash hamda qayta ishlash texnologiyalari va biotexnologiyalari” ixtisosligi bo‘yicha “Past haroratda olingan quyultirilgan tomat sharbati asosida souslar tayyorlash texnologiyasini takomillashtirish” mavzusidagi texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi himoyasi Buxoro davlat texnika universiteti huzuridagi DSs.03/28.02.2022.T.101.01 raqamli Ilmiy kengashning 2025-yil 28-noyabr kuni soat 11:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: 200117, Buxoro shahar, Q.Murtazoyev ko‘chasi, 15-uy, Buxoro davlat texnika universiteti.
Tel.: (+99865) 223-78-84
e-mail: bmti_info@edu.uz