Ermatov Jahon chempionati rekordini yangilaydi
Bu da’vat biz tomondan emas, FIFA tomonidan yangramoqda.
Bu da’vat biz tomondan emas, FIFA tomonidan yangramoqda.Xalqaro futbol tashkiloti – FIFAning FIFA.com internet sayti kecha o‘zbekistonliklar uchun taalluqli bo‘lgan xabarni chop etdi. Unda, jumladan, shunday deyilgan:
“Futbol bo‘yicha Jahon chempionati-2018ning boshlanishiga itigi 8 kun qoldi.Ushbu mundial oldidan musobaqa tarixidagi statistikalarga to‘xtalamiz.
O‘zbekistonlik tajribali hakam Ravshan Ermatov Jahon chempionatlarida jami9 ta uchrashuv boshqargan - bu mundial tarixida harqanday boshqa hakamdan ko‘proq demakdir. U birinchi marta 2010 yili JARda bo‘lib o‘tgan mundialda mezbonva Meksika terma jamoalari o‘rtasidagi ochilish o‘yinini boshqargan edi. Ravshan mazkur musobaqada yana to‘rt o‘yinda bosh hakam bo‘ldi, jumladan, Golandiya va Urugvay o‘rtasidagi yarim final o‘yinini ham boshqardi.
O‘zbekistonlik hakamo‘z hisobiga 2014 yilda Braziliyada bo‘lib o‘tgan Jahon chempionatidagi yana to‘rtta uchrashuvni qo‘shib qo‘ydi va mundiallarda eng ko‘p - 8tadan bahsni boshqargan fransiyalik Joel Kiniu, meksikalik Benito-Artundiya va urugvaylik Xorxe Larriondani ortda qoldirdi.
Ermatov 2003 yilda FIFA referiligiga qabul qilingan, shundan buyon uning qobiliyati va obro‘-hurmati ortib bordi. Jahon chempionatlaridan tashqari, Osiyo Chempionalar ligasining to‘rtta finali, Klublar o‘rtasida o‘tgan Jahon chempionatining ikkita finali va Osiyo Kubogi finalini, yana ko‘plab rasmiy yirik musobaqalarning hal qiluvchi o‘yinlarini xotirjamlik va ishonch bilan boshqargan.
Ravshan Rossiyada o‘tadigan Jahon chempionatida o‘z rekordini yangilash uchun yaxshigina imkoniyatga ega bo‘lib turibdi. U yana bir haftadan keyin boshlanadigan Jahon chempionati o‘yinlarini boshqaradigan asosiy hakamlar ro‘yxatiga kiritilgan”.