Erkinjon Turdimov yangi haftani tadbirkorlar muammolarini eshitishdan boshladi
Dushanba – Samarqand viloyat hokimi kun tartibida “tadbirkorlar kuni”. Viloyat hokimi kunni, yangi haftani savdo-sanoat palatasi hududiy boshqarmasida tadbirkorlar bilan uchrashishdan boshlaydi.
O‘tgan hafta davomida muammo yuzasidan boshqarmaga murojaat qilgan ishbilarmonlarning masalalari mutasaddilar yechim topmagach, dushanba kuni viloyat hokimi ishtirokida muhokama qilinadi.
7-12 fevral kunlari 31 nafar tadbirkorlik sub’ekti E.Turdimov bilan uchrashib, muammolariga yechim topish istagini bildirgan edi. Ushbu murojaatlar tegishliligi bo‘yicha hafta davomida mas’ullar tomonidan ko‘rib chiqilib, 27 nafar tadbirkorning muammosi qabulga qadar hal etildi.
Bugun o‘tkazilgan qabulda viloyat hokimi 4 nafar tadbirkorning murojaatini eshitdi. Ularning murojaatini belgilangan tartibda ko‘rib, yechim topish yuzasidan mutasaddilar belgilandi.
G‘.HASANOV, O‘zA