Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Erkinjon Turdimov nodir shaxsiy kutubxonaga ega tarixchi olimning xonadoniga bordi
15:44 / 2019-12-30

Samarqand viloyati hokimi E.Turdimov taniqli tarixchi olim, Mahdumi Aʼzam Dahbediy ilmiy-tadqiqot fondi rahbari Komilxon Kattayevning xonadoniga borib, olim va uning oila aʼzolarini Yangi yil bayrami bilan tabrikladi.


Samarqand viloyati hokimi E.Turdimov taniqli tarixchi olim, Mahdumi Aʼzam Dahbediy ilmiy-tadqiqot fondi rahbari Komilxon Kattayevning xonadoniga borib, olim va uning oila aʼzolarini Yangi yil bayrami bilan tabrikladi.

– Biz sizning yurtimiz tarixini oʻrganish, zaminimizdan yetishib chiqqan buyuk allomalar, ayniqsa, Dahbediylar maʼnaviy merosini tadqiq etish borasidagi ishlaringizni yaxshi bilamiz va yuksak qadrlaymiz, – dedi E.Turdimov. – Eng nodir kitoblar jamlangan boy shaxsiy kutubxonangiz ziyosidan xalqimizni bahramand etish borasidagi ishlaringiz ham eʼtirofga loyiq. Biz bu kutubxonani asrab-avaylash va uni kelgusi avlodlarga ham bezavol yetkazishingiz uchun sizni qoʻllab-quvvatlashga va yordam yordam berishga tayyormiz.

Komilxon Kattayev viloyat hokimiga shaxsiy kutubxonasida saqlanayotgan 200 dan ortiq nodir kitoblarni koʻrsatdi. Qadimiy Samarqand qogʻozida bitilgan 500-800-yillik tarixga ega Xoʻja Ahrori Valiy maqomati, Movarounnahrdan yetishib chiqqan allomalar, Muqimxon tarixi, Ahmad Yassaviy tariqati haqidagi va boshqa kitoblar toʻgʻrisida maʼlumot berdi.

Viloyat hokimi ushbu kitoblarning tarjimalari bor-yoʻqligi bilan qiziqdi hamda ularni keng tadqiq etish uchun olim va uning safdoshlariga sharoit, imkoniyat yaratib berishga tayyorligini bildirdi.

Tarixchi olim viloyat hokimiga minnatdorlik bildirib, oʻz kitoblaridan tuhfa qildi.