Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Erkin Vohidov xotira turniri bo‘lib o‘tdi (fotoreportaj)
09:41 / 2019-12-25

Xalqaro shaxmat akademiyasida O‘zbekiston Shaxmat federatsiyasi va O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi hamkorligida O‘zbekiston Qahramoni, O‘zbekiston xalq shoiri Erkin Vohidov xotirasiga bag‘ishlangan shaxmat turniri bo‘lib o‘tdi.

Xotira turniri yakuniga ko‘ra, havaskorlar o‘rtasida bo‘lib o‘tgan bahslarda Murod Yusupov shohsupaning eng yuqorisidan o‘rin egalladi. Yahyo Tog‘a va Eldor G‘afurovlarga keyingi o‘rinlar nasib etdi.

Professionallar o‘rtasidagi bahslarda esa Shamsiddin Vohidovga teng keladigani topilmadi. 2- va 3-o‘rinlarni Georgiy Shvanov va Marat Jumaev egalladi.

Musobaqa g‘olib va sovrindorlari diplom va pul mukofotlari bilan taqdirlandilar.