French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Erkin va farovon hayotimiz poydevori
11:13 / 2025-12-07

Shimoli-g‘arbiy harbiy okrugining Ma’naviyat va ma’rifat markazida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 33 yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbirda okrug qo‘mondonligi, harbiy xizmatchilar va ularning ota-onalari, davlat va nodavlat tashkilotlari hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.

Ta’kidlanganidek, bugungi kunda inson qadrini ulug‘laydigan, uning sha’ni, huquqi va erkinliklarini oliy qadriyat sifatida e’zozlaydigan Konstitutsiyaga ega bo‘lish har bir xalq uchun katta baxtdir. O‘zbekiston o‘z tarixining yangi davriga qadam qo‘yar ekan, ana shu qomus "xalq irodasining bosh qonuni" sifatida mamlakatning mustahkam tayanchi, jamiyat taraqqiyotining bosh mezoni bo‘lib kelmoqda.

Tadbirda so‘zga chiqqanlar bugungi hayotimizni tubdan o‘zgartirib yuborgan konstitutsiyaviy islohotlarning ahamiyatiga yuksak baho berdilar. Zero, Konstitutsiya davlat va fuqaro o‘rtasidagi muqaddas ahd, butun bir xalqning ertangi taqdiriga qaratilgan buyuk maqsadlar majmui ekanligini ta’kidlab o‘tishdi. 

Shundan so‘ng xalqaro va respublika miqyosida o‘tkazilayotgan musobaqalar hamda ko‘rik-tanlovlarda g‘oliblikni qo‘lga kiritib, xizmat burchini sabot bilan o‘tab kelayotgan bir guruh harbiy xizmatchilarga navbatdagi harbiy unvonlar, ko‘krak nishonlari va qimmatbaho sovg‘alar tantanali ravishda topshirildi.

Tadbirning badiiy qismda harbiy orkestr va xushovoz xonandalar tomonidan Vatanni madh etuvchi kuy-qo‘shiqlar yangradi, aktyorlar tomonidan turli sahna ko‘rinishlari ijro etildi.

Dovud Abibullayev, O‘zA