Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Erkin va farovon hayot asosi
14:37 / 2023-04-26

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida O‘zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi hamda O‘zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi tomonidan “Konstitutsiya – erkin va farovon hayotimiz, mamlakatimizni yanada taraqqiy ettirishning mustahkam poydevoridir” mavzusida tadbir tashkil etildi.

— Mamlakatimizda ochiqlik siyosatini davom ettirish maqsadida yangilanayotgan Konstitutsiyaga faol fuqarolik jamiyatini shakllantirish va jamoatchilik nazorati institutini yanada rivojlantirishga qaratilgan normalar kiritildi,—deydi O‘zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi kengashi raisi Kamoliddin Ishanxodjayev. — Xususan, milliy qonunchiligimizda birinchi marotaba fuqarolik jamiyati institutlarining tarkibi ochib berilmoqda hamda ular fuqarolik jamiyatining asosini tashkil etishi mustahkamlanmoqda.  

Yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning XIII-bobi “Jamoat birlashmalari”dan “Fuqarolik jamiyati institutlari”ga o‘zgartirilmoqda. Bu Konstitutsiyaning mazkur bobidagi sub’ektlar doirasi kengaytirilayotganini anglatadi.    

Ilk marotaba fuqarolik jamiyati institutlariga ta’rif berilmoqda: “Fuqarolik jamiyati institutlari, shu jumladan jamoat birlashmalari va boshqa nodavlat notijorat tashkilotlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, ommaviy axborot vositalari fuqarolik jamiyatining asosini tashkil etadi.  

Fuqarolik jamiyati institutlarining faoliyati qonunga muvofiq amalga oshiriladi”.  

Fuqarolik jamiyati institutlarini qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlarini amalga oshirish, ularning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish hamda ijtimoiy sheriklik dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirishdagi ishtirokini ta’minlash Hukumatning eng muhim vazifalari sifatida belgilanmoqda.  

Ta’kidlandiki, bunday yondashuv O‘zbekistonda fuqarolik jamiyatini rivojlantirish bo‘yicha olib borilayotgan izchil siyosatga uyg‘un va hamohangdir. Bularning barchasi, shubhasiz, fuqarolik jamiyati institutlarining mamlakatimizni sotsial-iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy rivojlantirish hamda jamiyat va davlat ishlarini boshqarishdagi ishtiroki va ta’sirchan rolini oshiradi.  

Binobarin, davlat organlari va tashkilotlari faoliyatining yanada ochiqligini ta’minlash, boshqaruv qarorlari qabul qilinishini sifat jihatdan yangi darajaga ko‘tarishda aynan fuqarolik jamiyati institutlari beqiyos ahamiyat kasb etadi.  

N.Rahmonova, O‘zA