Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Erkin tanlov va raqobat muhitini o‘z ichiga olgan elektron savdo maydoni ishga tushirildi
16:37 / 2023-11-16

Transport sohasida 2023 yilda jami 76 yangi yo‘nalish (28 avtobus va 48 ta yo‘nalishli taksi) tashkil etildi. Ushbu yo‘nalishlarda 141 avtobus, 75 mikroavtobus va 304 “Damas” rusumli avtomobil aholiga xizmat ko‘rsatishi yo‘lga qo‘yildi.

Temir yo‘l sohasida 357,3 km masofali “Buxoro – Miskin” va 33,78 km masofali “Urganch – Xiva” yo‘nalishlari qurilib, foydalanishga topshirilgan. 325 km masofali “Qarshi – Termiz”, 145 km masofali “Pop – Namangan – Andijon” temir yo‘l uchastkasi elektrlashtirilgan. 50 km masofali “Ikki izli elektrlashtirilgan “Jizzax – Yangiyer” temir yo‘l liniyasini qurish” loyihasi ishga tushirildi.  

Havo transporti sohasida 2023 yil yanvar-sentyabr oylarida O‘zbekiston Respublikasi rezident aviakompaniyalari tomonidan 38 ming 882 aviaqatnov amalga oshirilib, jami 5 million nafarga yaqin yo‘lovchi tashildi.  

Bu Senatda tashkil etilgan “Barqaror infratuzilmani yaratish, inklyuziv sanoatlashtirish va innovatsiyalarga ko‘maklashishdagi muammolar” mavzusidagi davra suhbatida qayd etildi.  

Senatning Byudjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qo‘mitasi tomonidan Qonunchilik palatasi Sanoat, qurilish va savdo masalalari qo‘mitasi bilan hamkorlikda Barqaror rivojlanish maqsadlari oyligi doirasida o‘tkazilgan tadbirda  barqaror infratuzilmani yaratish bo‘yicha qilinayotgan ishlar aholi manfaatlariga xizmat qilayotgani ta’kidlandi.  

Shu bilan birga, umumqamrovli va barqaror sanoatlashuv va innovatsiyalarga ko‘maklashish borasida yo‘l-transport infratuzilmasini rivojlantirish hamda odamlar og‘irini yengil qilish, umuman xalq farovonligini qo‘llab-quvvatlash zarurligi qayd etildi.  

O‘zbekiston Respublikasida elektr transportini ommalashtirishda bir qator chora-tadbirlar amalga oshirildi. Jumladan, elektromobillar importi aksiz va bojxona, shuningdek, boshqa bir qancha to‘lovlardan ozod qilindi.  

Bundan tashqari, iqtisodiyotning sanoat sektorini barqaror rivojlantirish bo‘yicha ham qator ishlar amalga oshirilib, resurs tejovchi va ekologik xavfsiz texnologiyalarni keng qo‘llash orqali mavjud korxonalarni modernizatsiyalash hamda yangilarini tashkil etish imkoni vujudga keldi.  

Prezidentimizning 2021 yil 20 dekabrdagi qaroriga asosan Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida kreditlar Yagona elektron platforma (oilakredit.uz) orqali ajratib kelinmoqda.  

Qarorga muvofiq, mahsulot va asbob-uskunalarni yetkazib berish hamda xizmatlar ko‘rsatishda markazlashgan ta’minot tizimidan voz kechilib, ularni xarid qilishda erkin tanlov va raqobat muhitini o‘z ichiga olgan elektron savdo maydoni (smart-market.uz) ishga tushirildi.  

2023 yilda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasidagi loyihalarni moliyalashtirish uchun kamida 13 trillion so‘m yo‘naltirilishi belgilandi.  

Barqaror infratuzilmani yaratish, umumqamrovli va barqaror sanoatlashuv va innovatsiyalarga ko‘maklashish borasida vazifalar va takliflarni mutasaddi tashkilotlarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri bildirish imkoniyati yaratildi.  

Tadbir yakunida ushbu yo‘nalishlardagi muammolar ham muhokama qilinib, ularni hal etishda samarali mexanizmlarni joriy etish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqildi.  

N.Abduraimova, O‘zA