O‘zbekistonda olib borilayotgan islohotlar, xususan, ijtimoiy adolatni mustahkamlash va munosib mehnatni targ‘ib qilish borasidagi harakatlar xalqaro tashkilotlar tomonidan yuqori baholanmoqda. Konstitutsiya darajasida oila, bolalar va ijtimoiy himoyani muhofaza qilish, shuningdek, so‘z erkinligini ta’minlash asosiy yo‘nalishlar sifatida belgilangan.
Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida siyosatshunos Kamoliddin Rabbimovning o‘zbek, rus va ingliz tillaridagi "Erkin millat poydevori" kitobi taqdimot marosimi bo‘lib o‘tdi. Mazkur tadbirda taniqli olimlar, jamoat arboblari hamda soha mutaxassislari ishtirok etishdi.
“Erkin millat poydevori” - O‘zbekiston jamiyati va davlatchiligi qanday shakllanganini tushunishga yordam beruvchi muhim asar. Kitob muallifning ko‘p yillik izlanishlariga tayangan holda yozilgan bo‘lib, unda siyosiy fikrlash, boshqaruv madaniyati, jamiyat zehniyati va qadriyatlar masalalari yoritilgan.
Asarda davlat va jamiyat munosabatlari, siyosiy madaniyat, erkinlik, ijtimoiy ishonch hamda yaqin o‘tmish va bugungi o‘zgarishlar haqida so‘z yuritiladi. Kitob siyosatshunoslar, jurnalistlar, talabalar va mamlakat taraqqiyotiga qiziqqan barcha kitobxonlar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, kututbxona javonlaridan sevimli adabiyot sifatida joy olishiga ishonamiz.
<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/RlRlsfyEEj4" title="Erkin millat poydevori" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Muhayyo Turdaliyeva, Nishonboy Abduvoitov (video), O‘zA