Erkin kurash: Qashqadaryo polvonlarisiz o‘tayotgan O‘zbekiston kubogi
Shu kunlarda Toshkent viloyatining Keles shaharchasida erkin kurash bo‘yicha O‘zbekiston kubogi bellashuvlari bo‘lib o‘tmoqda. Musobaqada 2002 — 2005 yillarda tavallud topgan 300 nafarga yaqin kurashchilar qatnashmoqda.
O‘zbekiston kubogida Qashqadaryo viloyatidan tashqari mamlakatimizning barcha hududlaridan yosh sportchilar ishtirok etayotir.
Kubokning ilk kungi musobaqalarida Azizbek Naimov (Buxoro), Zafar Asatov (Navoiy), Ja’far Chuliboyev (Sirdaryo), Hojiakbar Abduqahhorov (Toshkent viloyati) va Bekzod Yo‘ldoshev (Navoiy) oltin medallarga musharraf bo‘lishdi.
T. Ro‘ziyev, O‘zA