French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Erkin Komilov: Muhim siyosiy tadbir xalqimiz hayot darajasini yaxshilashga xizmat qiladi
08:50 / 2023-04-30

Toshkent shahar Shayxontohur tumanidagi 362-referendum uchastkasida ovoz berish jarayoni davom etmoqda.

O‘zbekiston xalq artisti Erkin Komilov mazkur referendum uchastkasiga kelib, o‘z konstitutsiyaviy huquqidan foydalandi. 

–Bir paytlar e’tiqodi, ilmi, qarashlari uchun odamlar qatag‘on qilingan, – dedi E.Komilov. – Shunday zamonlar keldiki, tom ma’noda erkin yashash nima ekanini o‘z ko‘zimiz bilan ko‘rdik. Halol mehnat qilgan, intilgan inson bugungi kunda aslo kam bo‘lmaydi. bugungi muhim siyosiy tadbir esa xalqimiz hayot darajasini yaxshilash, fuqarolarimizga ko‘proq huquq va erkinlar berish, ularni himoya qilish tizimini mustahkamlashni ko‘zlamoqda. Ishonamanki, biz bu maqsadlarga albatta erishamiz. 

N.Abduraimova,
O‘zA