Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Erkaklar poyabzallarida texnik talablar buzilishi aniqlandi
16:28 / 2025-12-25

Texnik jihatdan tartibga solish sohasida nazorat inspeksiyasining Buxoro viloyati bo‘limi tomonidan Buxoro shahridagi savdo shoxobchalarida sotilayotgan "Supre" savdo belgisi ostidagi erkaklar oyoq kiyimlari yuzasidan nazorat xaridi o‘tkazildi.

Tekshiruvlar natijasida mazkur mahsulotlar amaldagi texnik reglamentlar talablariga mos kelmasligi ma’lum bo‘ldi. Xususan, poyabzallarni sinovdan o‘tkazish jarayonida bir qator jiddiy kamchiliklar aniqlangan.

Jumladan, poyabzalning tag qismi oson ajralib ketishi, yurish davomida tag qismining qisman yoki to‘liq ko‘chib ketishi holatlari qayd etildi. Shuningdek, mahsulotning qisqa muddatda ishdan chiqishi hamda foydalanish jarayonida sirpanish, qoqilish va yiqilish xavfining ortishi kuzatildi.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, aniqlangan kamchiliklar iste’molchilar hayoti va salomatligi uchun jiddiy xavf tug‘dirishi mumkin.  

Hamroz Bayanov, O‘zA