Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Erkaboy Tojiyev: Har bir mas’ul shaxs xalqimiz va vijdoni oldida javobgardir
14:45 / 2020-11-26

Davlatimiz rahbarining yaqinda Qashqadaryo viloyatiga tashrifida viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish uchun byudjetdan pul mablag‘lari ajratilishi belgilandi.

Byudjet mablag‘larining qonuniy, maqsadli va to‘g‘ri sarflanishi esa bu borada ko‘zlangan natijaga erishishga xizmat qiladi.

Aynan shu maqsadda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori Akmal Burhonov va Hisob palatasi raisining o‘rinbosari Saidlaziz Saidkarimov ishtirokida byudjet mablag‘lari mahalliy davlat hokimiyati va boshqaruv idoralari tomonidan noqonuniy sarflanishining oldini olish bo‘yicha viloyatda o‘rganish o‘tkazilgan.

Bosh prokuratura matbuot xizmati xabariga ko‘ra, o‘rganish yakunlari bo‘yicha Qashqadaryo viloyati hokimligida yig‘ilish o‘tkazilgan.

Ochiq va tanqidiy ruhda o‘tgan yig‘ilishda viloyat prokurori Erkaboy Tojiyev kun tartibidagi masala yuzasidan murojaatnoma yo‘llagan. Unda byudjet mablag‘larining maqsadli ishlatilishi uchun har bir mas’ul shaxs xalqimiz va vijdoni oldida javobgar ekani qayd etilgan.

Viloyat prokuraturasi organlari tomonidan byudjet mablag‘larining talon-toroj etilishini va bu borada korrupsiyaviy holatlarning oldini-olish maqsadida viloyat prokuraturasida “Vaziyatni tizimli monitoring qilish” guruhi tashkil etilgan.

Monitoring guruhi tomonidan byudjet muassasalari rahbarlari qonun buzilishi holatlariga yo‘l qo‘ygan taqdirda jinoiy javobgarlikkacha choralar ko‘rilishi haqida rasman ogohlantirilgan.

Kelgusida byudjet mablag‘larining maqsadli sarflanishiga mas’ul va javobgar idoralar faoliyatidagi qonuniylik ahvolini kunlik tahlil qilinadi. Idora va tashkilotlarda korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tizimi faollashtiriladi. Statistik ma’lumotlar va tahliliy axborotlar o‘rganilib, bu boradagi faoliyat muvofiqlashtiriladi.

Korrupsiya va byudjet mablag‘larining talon-toroj etilishiga doir murojaatlarni qabul qilish uchun maxsus “telegramm bot” tashkil qilinadi. Prokuratura organlarining korrupsiyaga qarshi kurashishda amalga oshirayotgan ishlari, aniqlanayotgan qonunbuzarliklar haqidagi ma’lumotlar ochiqlik, oshkoralik va shaffoflikni ta’minlash maqsadida ommaviy axborot vositalari va internet-saytlar orqali yoritib boriladi.

Darhaqiqat, qonun buzilishining o‘zi bilan emas, balki sabablari va yuzaga kelishiga imkon berayotgan shart-sharoitlarga qarshi kurashish uning oldini olishdagi eng to‘g‘ri choradir.

Yuqoridagi amaliy tadbirlar esa huquqbuzarliklarning, ayniqsa, byudjet mablag‘lari sarflanishidagi korrupsion holatlarning oldini olishda ijobiy samaradorlikka erishishga xizmat qiladi.

Muattar Burhonova, O‘zA