Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Erishilgan natijalar, ustuvor vazifalar
14:10 / 2025-05-23

Jizzaxda viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tomonidan markaziy va mahalliy ommaviy axborot vositalari vakillari uchun matbuot anjumani tashkil etildi.

Anjuman avvalida boshqarma boshlig‘i Sanobar Suyarovaning 2024-2025 o‘quv yilida tizimda amalga oshirilgan ishlar, erishilgan natijalar hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar xususidagi axboroti tinglandi.

Viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tizimida 1709 ta maktabgacha ta’lim tashkiloti (MTT) mavjud bo‘lib, hududdagi 134 ming 336 nafar 3-7 yoshli boladan 104 ming 983 nafari yoki 78,1 foizi maktabgacha ta’limga qamrab olingan va bu bolajonlarga 8086 nafar pedagog tarbiya berib kelayotgani ta’kidlandi.

Joriy yilda maktabgacha ta’limning qamrov darajasini oshirish va 81 foizga yetkazish maqsadida nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini tashkil etish istagida bo‘lgan tadbirkorlarga amaliy ko‘mak berish orqali 58 ta oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti, 5 ta xususiy MTT, 5 ta davlat xususiy sheriklik asosida MTT faoliyati yo‘lga qo‘yilishi belgilangan. Bugungi kunga kelib, shulardan 11 ta oilaviy nodavlat MTT hamda Sharof Rashidov tumanida 1 ta davlat-xususiy sheriklik asosidagi nodavlat MTT faoliyati to‘liq yo‘lga qo‘yildi.  

Prezidentimizning 2024 yil 24 dekabrdagi “2025 – 2027 yillarda O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida viloyat bo‘yicha jami 450 o‘rinli 3 ta yangi MTT ning qurilishi, jami 400 o‘rinli 2 ta MTT ning rekonstruksiyasi belgilangan va bugungi kunda qurilish ishlari jadallik bilan olib borilmoqda.  

Respublika Bosh vazirining 2025 yil 30 yanvar kuni o‘tkazgan yig‘ilish bayonnomasida belgilangan topshiriqlari ijrosini ta’minlash maqsadida Jizzax shahridagi 3 ta DMTT binosini yangidan qurish bo‘yicha loyiha smeta hujjatlari ishlab chiqilmoqda. Viloyatda umumiy tartibdagi 13 ta DMTT da inklyuziv ta’lim guruhlari tashkil etilib, ulardagi 24 ta inklyuziv guruhga jami 37 nafar tarbiyalanuvchi qamrab olingan.  DMTTlar mavjud bo‘lmagan 6 ta olis hududda jami 12 ta mobil guruh tashkil etilib, bu guruhlarga xizmat ko‘rsatish uchun 3 dona “Aqlvoy” avtobusi keltirilgan va ularga 288 nafar bola qamrab olinadi.  

Viloyat bo‘yicha 560 ta umumiy o‘rta ta’lim maktabi, 14 ta “Barkamol avlod” bolalar maktabi hamda 1 ta bolalar kutubxonasi faoliyat olib bormoqda. Ushbu ta’lim muassasalarida ta’lim olayotgan 270 ming 689 nafar o‘quvchiga 24 ming 83 nafar o‘qituvchi ta’lim-tarbiya berib kelmoqda.

Davlatimiz rahbarining 2024 yil 24 dekabrdagi nomi yuqorida zikr etilgan 454-sonli qaroriga asosan viloyat bo‘yicha 19 ta umumiy o‘rta ta’lim maktabida  qurilish-ta’mirlash ishlari belgilangan bo‘lib, bugungi kunda qurilish va rekonstruksiya ishlari izchillik bilan olib borilmoqda.

Ta’lim muassasalarida chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik tizimini takomillashtirish

bo‘yicha belgilangan talablar asosida o‘tgan 2024 yil davomida 10 ta maktab to‘liq jihozlangan bo‘lsa, joriy yilda yana 108 ta maktabni jihozlash rejalashtirilgan va bugungi kunda 42 ta maktabda jihozlash ishlari yakuniga yetkazilmoqda.  

Viloyat bo‘yicha 13 ta umumiy o‘rta ta’lim maktabi negizida “Jasorat maktablari” tashkil etilishi belgilangan bo‘lib, hozirgi kunda 2 ta maktab tayyor holatga keltirildi. Qolgan maktablarda ham ta’mirlash va jihozlash ishlari olib borilmoqda.  

Bundan tashqari, 2025 yilda qo‘shimcha yana 28 ta umumiy o‘rta ta’lim maktabi negizida “Jasorat maktablari”ni tashkil etish ishlari belgilab olingan bo‘lib, ta’mirlash va jihozlash ishlari boshlab yuborilgan.

2024 - 2025 o‘quv yilidan boshlab 13 ta umumiy o‘rta ta’lim muassasaida kasb-hunar o‘rgatish ishlari yo‘lga qo‘yilgan.  9 turdagi 6 ta ishchi kasbi, 3 ta axborot texnologiyalari yo‘nalishida o‘quvchi-yoshlar tahsil olmoqda. Joriy o‘quv yilida qo‘shimcha ravishda yana 7 ta maktabda kasbga o‘qitish ishlarini tashkil

etish rejalashtirilgan.  

– 2024 – 2025 o‘quv yilida o‘qituvchilarning kasbiy mahoratini oshirish, ularga zamonaviy metodikalarni o‘rgatish maqsadida xorijiy davlatlardan 14 nafar o‘qituvchi jalb qilindi va ularga barcha shart-sharoit yaratib berildi, – deydi boshqarma boshlig‘i Sanobar Suyarova. – Yangi o‘quv yilidan yana 30 nafar xorijiy mutaxassis jalb etishni rejalashtirganmiz.  

Ayni paytda viloyatimizdagi 60 ta umumiy o‘rta ta’lim maktabida tashkil etilgan 92 ta inklyuziv ta’lim sinfida jami 131 nafar o‘quvchi ta’lim olib kelayotgan bo‘lsa, yangi o‘quv yilida 54 ta umumiy o‘rta ta’lim maktabida inklyuziv ta’lim sinflari tashkil etilishi rejalashtirilgan.  

Bulardan tashqari, viloyatdagi har bir tuman va shaharda 1 tadan umumiy o‘rta ta’lim maktabida to‘siqsiz muhit yaratish maqsadida 13 ta maktab tanlab olingan va hozirgi kunda ularda jihozlash ishlari olib borilmoqda.  

Tadbir ochiq va erkin muloqot tarzida o‘tib, jurnalistlar tizim ravnaqi yo‘lida o‘zlarining bir qator jo‘yali taklif va mulohazalarini bildirishdi.  

Anjuman so‘nggida ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga batafsil javoblar berildi.

A.Qayumov, O‘zA muxbiri