Ergashov Jasurbek Dilmurodovichning texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida
“Egiluvchi temirbeton elementlarda qo‘llaniladigan bazaltofibrobetonning mustahkamlik va deformatsion xususiyatlarining o‘ziga xosligi” mavzusida
Ergashov Jasurbek Dilmurodovichning 05.09.01 - “Qurilish konstruksiyalari, bino va inshootlar” ixtisosligi bo‘yicha “Egiluvchi temirbeton elementlarda qo‘llaniladigan bazaltofibrobetonning mustahkamlik va deformatsion xususiyatlarining o‘ziga xosligi” mavzusidagi texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi himoyasi Toshkent arxitektura-qurilish universiteti qoshidagi DSc.26/30.12.2019.T.11.01 raqamli Ilmiy kengashning 2025-yil 25-noyabr kuni soat 10:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: 100084, Toshkent sh., Yunusobod tumani, Yangi shahar ko‘chasi 9-uy. Toshkent arxitektura-qurilish universiteti.
Tel.: (+99890) 372-71-94; faks: (+99871) 234-15-11
e-mail: devon@taqu.edu.uz