Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ergashev - Matias jangini "TGB Promotions" tashkil etadi
11:38 / 2023-08-23

Xalqaro boks federatsiyasi (IBF) buyrug‘iga ko‘ra, chempionlik kamari uchun o‘tkazilishi kerak bo‘lgan puerto-rikolik Sabriel Matias hamda hamyurtimiz Shohjahon Ergashev jangi uchun promouterlik savdosi tashkil etildi.

Auksionda "TGB Promotions" g‘olib bo‘ldi. IBF ikki bokschining ham promouterlariga 7 kun muhlat bergandi. Bu muddat ichida tomonlar jangning moliyaviy taqsimotini kelishib olishi kerak edi. Biroq yakunda promouterlar murosaga kela olishmagan. Endi Ergashev - Matias jangini "TGB Promotions" tashkil etish huquqiga ega bo‘ldi.  

O‘zbekiston professional boks federatsiyasining xabar berishicha, ushbu jangni tashkil qiluvchi promoushen tomonlarga umumiy hisobda 510 ming AQSH dollari ajratadi. Bahs qanday natija bilan yakunlanishidan qat’i nazar, Sabriel Matias Ergashevga qarshi bahsdan 357 ming AQSH dollari, O‘zbekiston vakili esa 153 ming dollar daromadga ega bo‘ladi.  

 

T.Ro‘ziyev,

O‘zA