Jizzax viloyati hokimi Ergash Soliyev Jizzax shahridagi 6-sonli umumta’lim maktabidagi 39-referendum uchastkasida oila a’zolari bilan ovoz berdi.

– Bugun butun yurtimizda mamlakatimizning Bosh qomusi – Konstitutsiyamizning yangi tahriri bo‘yicha referendum o‘tkazilyapti va men ham o‘z oilam bilan ovoz berdim, – deydi Jizzax viloyati hokimi Ergash Soliyev. – Keyingi 6 yilda Prezidentimiz rahbarligida har bir sohada amalga oshirilayotgan islohotlar sifat jihatidan o‘zining yorqin samaralarini berayoganiga guvoh bo‘lyapmiz. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar samarasi – ijtimoiy va umuman barcha sohalarda yaqqol namoyon bo‘lmoqda. Aholini yashash sharoitini yaxshilash bo‘yicha, qishloq, mahalla infratuzulmalarini yaratish borasida ulkan ishlar ro‘yobga chiqdi. Birgina Jizzax viloyatida o‘tgan 2022 yil davomida 1 tirilion 800 milliard so‘mlik investitsiya dasturlari amalga oshirildi.

Joriy yilda ham oldimizda ulkan vazifalar turibdi. Bu masalalarni yechishda viloyat rahbari sifatida, avvalo aholi turmush darajasini yaxshilash, ehtiyojmand fuqarolarimizni kambag‘allik darajasidan, bu borada ijtimoiy daftarlar: “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”dan chiqarish bo‘yicha ham hali ko‘plab ishlarni amalga oshirishni nazarda tutganmiz.
Yaqinda davlatimiz rahbari boshchiligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida yoshlarimizni uchta: “yashil”, “sariq” va “qizil” toifalarga ajratib, asosiy e’tiborni “sariq” toifaga qaratish topshirig‘i berildi. Jizzax viloyatida 150 ming nafar yoshlalarni tashkil etgan “sariq” rangga kiritilgan yoshlar toifasi har bir rahbarga biriktirilib berildi. Ushbu topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida aniq chora-tadbirlar ishlab chiqilib, ishni aynan shu asosida olib borayapmiz.
A.QAYUMOV,
J.YORBEKOV (surat), O‘zA