14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni
Jizzaxda “Xalq va armiya bir tanu bir jondir” shiori ostida o‘tkazilayotgan “Vatanparvarlik oyligi” doirasida 14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan II Jahon urushi qatnashchilarining holidan xabar olinib, ularga Prezident tabrigi va sovg‘alari topshirilmoqda.
Jizzax viloyati hokimi Ergash Saliyev Jizzax garnizoni boshlig‘i, viloyat mudofaa ishlari boshqarmasi boshlig‘i va harbiylar bilan birgalikda Jizzax shahri va Sharof Rashidov tumanida istiqomat qilayotgan II Jahon urushi qatnashchilarining xonadonlariga harbiy orkestr tomonidan ijro etilgan musiqa sadolari ostida kirib borib, ular bilan dildan suhbat qurdi.
Uchrashuv chog‘ida har bir urush qatnashchisiga “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligi” esdalik nishoni, 1 million so‘mlik dori-darmon uchun sertifikat hamda qimmatbaho sovg‘alar tantanali topshirildi.
Davlatimiz rahbarining II Jahon urushi qatnashchilariga yo‘llagan tabrigi, sovg‘a-salomlari va “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligi” esdalik nishoni viloyatning boshqa tumanlarida istiqomat qilayotgan urush faxriylariga ham Yangi yil bayrami arafasida to‘liq yetkazilishi belgilangan.
A.Qayumov, J.Yorbekov (surat), O‘zA