Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Erdo‘g‘on Turkiya bilan Armaniston munosabatlari yaxshilanishining shartlarini ma’lum qildi
19:50 / 2021-06-16

– Baku bilan Yerevan o‘rtasidagi munosabatlarning yaxshilanishi Turkiya bilan Armaniston munosabatlarini yaxshilash uchun sharoit yaratadi, – dedi Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdo‘g‘on Ozarbayjon parlamentida so‘zga chiqib.

Turkiya bilan Armaniston o‘rtasida diplomatik munosabatlar 1993 yilda Anqara tashabbusi bilan to‘xtatilgan edi.

Ikki mamlakat o‘rtasidagi murakkab munosabatlar qator sabablar bilan izohlanadi. Ulardan biri, Anqaraning Qorabog‘ mojarosida Ozarbayjonni qo‘llab–quvvatlaganidir.

Armaniston-Turkiya munosabatlarini yaxshilash jarayoni 2008 yilda sobiq prezident Serj Sargsyan tomonidan boshlangan edi. 2009 yil oktyabrda ikki mamlakat tashqi ishlar vazirliklari Syurix shahrida diplomatik munosabatlarini o‘rnatish to‘g‘risida hamda ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirish to‘g‘risidagi protokolni imzoladi. 

Mazkur hujjatlar ikki mamlakat parlamenti tomonidan ratifikatsiya qilinishi lozim edi. Ammo, 2009 yil dekabr oyida Turkiyaning o‘sha paytdagi bosh vaziri bo‘lgan Erdo‘g‘on Qorabog‘ mojarosi hal bo‘lmagunga qadar protokol imzolanmasligini ma’lum qildi.