Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Erdog‘on Trampni Turkiyaga qarshi sanksiyani bekor qilishga chaqirdi
17:15 / 2025-03-17

Yakshanba kuni Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an amerikalik hamkasbi Donald Tramp bilan telefon orqali suhbatlashib, Anqaraga G‘-35 qiruvchi samolyotlari xaridiga ruxsat berish uchun Turkiyaga qarshi qo‘llanayotgan CAATSA sanksiya to‘plamini bekor qilishga chaqirdi. Bu haqda davlat rahbari idorasi xabar tarqatdi.

2017 yil Turkiya Rossiya bilan S-400 polk to‘plamini yetkazib berish bo‘yicha shartnoma imzolagan. Ushbu aslahalar 2019 yil yoz-kuz oralig‘ida yetkazib berilgan. Shundan so‘ng AQSH Anqaradan o‘zining “Ratriot” havo mudofaasi tizimi foydasiga rus qurollaridan voz kechishini talab qildi. Anqara bu shartga rozi bo‘lmadi. O‘z navbatida Vashington jazo sifatida Turkiyani G‘-35 qiruvchi samolyotlari yetkazib berish dasturidan chiqardi va Amerikaning dushmanlariga qarshi sanksiya yo‘li bilan kurashish to‘g‘risidagi qonun – CAATSA doirasida mudofaa sanoati rahbarlariga sanksiya kiritdi.

Qo‘shma Shtatlar Turkiyani qo‘shma G‘-35 samolyotlarini birgalikda ishlab chiqarish loyihasidan ham chiqarib tashladi. Mazkur loyihada hozir 7 hamkor – Buyuk Britaniya, Italiya, Niderlandiya, Avstraliya, Daniya, Kanada va Norvegiya bor.

Turkiya rahbari suhbat chog‘ida Rossiya – Ukraina ziddiyatiga barham berish bo‘yicha Oq uy rahbari sa’y-harakatini qo‘llab-quvvatlashini bildirgan.

Ma’lum qilinishicha, Erdog‘an mintaqaviy va global o‘zgarishlar Turkiya bilna AQSH o‘rtasidagi barcha masalalar bo‘yicha maslahatlashuvni faollashtirish zarurligini ta’kidlagan.

Ta’kidlash joiz, Anqara mojaro boshlanganidan beri adolatli va barqaror tinchlikka intilayotgani, shunday yondashuvga amal qilishda davom etishini takrorlab keladi.

S.Rahimov, O‘zA