French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Erdo‘g‘on Shusha deklaratsiyasini tasdiqlash to‘g‘risidagi farmonni imzoladi
16:15 / 2022-02-12

Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdo‘g‘on Turkiya bilan Ozarbayjonning harbiy hamkorligini nazarda tutuvchi Shusha deklaratsiyasini tasdiqlash to‘g‘risidagi farmonni imzoladi, deb yozmoqda "Anadolu" agentligi.

Avvalroq Ozarbayjon va Turkiya parlamentlari Shusha deklaratsiyasini ratifikatsiya qilgan edi.

"Erdo‘g‘on Turkiy davlatlar tashkiloti oqsoqollar Kengashi delegatsiyasini qabul qildi. Qabul chog‘ida prezident Erdo‘g‘on Turkiya parlamenti qabul qilgan Shusha deklaratsiyasini tasdiqlash to‘g‘risidagi tegishli prezident farmonini imzoladi. Farmon tez orada hukumatning rasmiy axborotnomasida e’lon qilinadi va kuchga kiradi", - deb yozmoqda agentlik.

O‘tgan yilning 15 iyunida Turkiya va Ozarbayjon prezidentlari Rejep Tayyip Erdo‘g‘on bilan Ilhom Aliyev tomonidan imzolangan Shusha deklaratsiyasida, ikki mamlakatning uchinchi bir davlatdan tahdid yoki bosqinchilik sodir etilganda birgalikda harakat qilishi qayd etilgan. Shuningdek, deklaratsiyada "tomonlar ikki qardosh mamlakatning qurolli kuchlarini zamonaviy talablarga muvofiq modernizatsiya qilishga qaratilgan sa’y-harakatlarni birgalikda amalga oshirishi" haqidagi ham band ko‘rsatilgan.