English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Erdo‘g‘on o‘rmon yong‘inlarini xalqaro tahdid deb atadi
11:15 / 2021-08-05

O‘rmon yong‘inlari koronavirus pandemiyasi va terrorizm kabi xalqaro miqyosda tahdidga aylandi, dedi Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdo‘g‘on.

"O‘rmon yong‘inlari — bu xalqaro tahdid, uni COVID-19 pandemiyasiga, hatto terrorizm tahdidiga tenglashtirsa bo‘ladi", - dedi Turkiya yetakchisi  A Haber telekanaliga bergan intervyusida.  

Uning ta’kidlashicha, butun dunyo o‘rmon yong‘inlari tahdidiga duch kelmoqda. O‘rmonlar AQSHda, Kanada, Rossiya, Ispaniya, Italiya, Afrika mamlakatlarida yonmoqda, bu holat iqlim sharoitlari bilan bog‘liq.  

"Men Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan gaplashdim. U yong‘in o‘choqlarini o‘chirish uchun uchta samolyot va to‘rtta vertolyot jo‘natdi. Bu birdamlik. Ozarbayjon prezidenti Ilxam Aliyev  yana bitta samolyot-anfibiya jo‘natishi haqida xabar berdi", - dedi Turkiya prezidenti.

Erdo‘g‘onning qo‘shimcha qilishicha, oxirgi sakkiz kunda Turkiyada 187 ta o‘rmon yong‘ini paydo bo‘ldi. Hozirgacha ularning katta qismi bartaraf qilindi.  15 ta yong‘in hali ham davom etmoqda, ularni o‘chirishda 20 ta samolyot va 51 ta vertolyot ishtirok etmoqda.