Erdog‘anning Meksikaga tashrifi noma’lum muddatga qoldirildi
Turkiya hukumati Meksikaga Prezident Rejep Tayyip Erdog‘anning iyul oxirida rejalashtirilgan tashrifi boshqa vaqtga qoldirilgani haqida ma’lum qildi, deb xabar tarqatdi ushbu Lotin Amerika davlati tashqi ishlar vazirligi.
"Turkiya hukumati bizni Prezident Erdog‘anning Meksikaga tashrifi qoldirilgani haqida xabardor qildi", – dedi Meksika tashqi ishlar vazirligining tashqi aloqalar bo‘limi rahbari Esteban Gonsales jurnalistlar bilan uchrashuvda.
Turkiya yetakchisining Meksikaga tashrifi qachon amalga oshishi hozircha noma’lum.
Ikki davlat tashqi ishlar vazirligi rahbarlari iyun oyi boshida Indoneziyada bo‘lib o‘tgan G20 tadbirlari doirasida uchrashib, mazkur tashrifni rejalashtirgan edi.
O‘shanda Meksika diplomatiyasi rahbari Marselo Ebrard Turkiya Prezidentining tashrifi "ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlarni, savdo va turizimni yanada chuqurlashtirish bilan bog‘liq masalalar yechimini osonlashtiradi”, degan edi.