French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Erdog‘anning chaqirig‘i, NATOdagi va’dalar va Baydenning xatosi (+video)
21:40 / 2024-07-13

NATO sammiti

Haftaning muhim siyosiy yig‘ini – Vashingtonda bo‘lib o‘tgan NATO sammiti omadsiz debatdan keyin Bayden o‘z so‘zini aytishi uchun yaxshigina minbar bo‘ldi. Afsuski, 81 yoshli siyosatchi, qaysidir ma’noda, bu imkoniyatdan foydalana olmadi. Zelenskiyni Rossiya yetakchisi bilan adashtirib yuborgan Prezident asosiy e’tiborini Putinni mag‘lub etishga qaratganini aytib, vaziyatni yumshatganday bo‘ldi. Vitse-prezident Kamala Xarrisni esa Tramp bilan almashtirgan. Bunday kamchiliklar, hatto, Baydenchilarni ham xavotirga qo‘ymoqda.

Uchrashuv asosan Ukraina kelajagi va Yevropa mudofaasiga qaratilgani ma’lum. Zelenskiy NATOga a’zolikdan boshqa ko‘p narsani qo‘lga kiritgan. Jumladan, Qo‘shma Shtatlar havo hujumiga qarshi qurollantirishni va’da bergan. Ayniqsa, sammitdan bir kun oldin Ukrainadagi kasalxonaga zarba yo‘llangandan so‘ng. AQSH va ittifoqchilar Moskva bilan vaziyat taranglashgan payt Ukrainaning tashkilotga a’zoligi nozik masala ekanini aytgan. Yevropa Ittifoqi xulosasiga ko‘ra, bunga hali erta. Shuningdek, Zelenskiy AQSH qurollaridan Rossiyaga zarba berish uchun barcha cheklovlar olib tashlanishini talab qilgan. Bunga AQSH to‘la ruxsat berganicha yo‘q. Buyuk Britaniya yangi Bosh vaziri esa bu Kiyevning xohishiga bog‘liqligini aytgan.

Endi anjuman natijasida imzonlangan muhim hujjatlarga to‘xtalamiz.

Oq uy 2026 yildan boshlab Germaniyaga uzoq masofaga uchadigan raketalar joylashtirilishini ma’lum qildi. Hozirgacha mamlakatda bunday turdagi qurollar mavjud emas. Mazkur missiyaga NATO generali rahbarlik qiladi.

NATO sammiti chog‘ida qabul qilingan ushbu qaror Rossiya hujumidan himoyalanish uchun muhim hisoblanadi. Germaniya Kansleri ham ayni rejani qo‘llab-quvvatlab, bu urushning oldini olishda muhim qadamligini ta’kidlamoqda.

Germaniyaliklar jarayondan norozi, holat ularga “sovuq urush” alomatini eslatyapti. Hatto, Shols partiyasidagi siyosatchilar ham raketa joylashtirilishi Germaniyani urush teatriga aylantirishdan xavotirda. Kreml bunga nisbatan oqibati yomon bo‘ladigan jiddiy voqealardan ogohlantirdi. “Sovuq urush sari ishonchli qadam tashlamoqdamiz”, degan Peskov.

Alyans Rossiyaning Belarus, Shimoliy Koreya va Eron bilan yaqinlashuvi Yevroatlantika xavfsizligiga jiddiy zarar yetkazishini aytib, Osiyo-Tinch okeani mintaqasi mamlakatlari bilan sheriklikni yanada chuqurlashtirish, G‘arbiy Bolqondagi ishtirokni Kosovo kuchlari yordamida davom ettirishga sodiqligini ma’lum qilgan.

NATO “tinchlikni qo‘llab-quvvatlash” niyatida Yaqin Sharq va Afrikada kuchini oshiradi. Blok e’lon qilgan qo‘shma deklaratsiyasida butun dunyo Rossiyaga yordam bermaslikka, RFga ko‘maklashayotgan har bir mamlakatni qoralashga chaqirilgan.

Sammitda NATO mamlakatlari mudofaa harajatini YAIMning kamida 2 % miqdorida saqlab qolish majburiyatini zimmasiga olgan.

NATO sammiti yakuniy deklaratsiyasida alyans a’zolari Xitoyni strategik tahdidni kamaytirish uchun muloqotga chaqirgan. Yevropa Ittifoqi Rossiya va Ukraina urushida Xitoyning ta’siri katta ekanini biladi va G‘arbga bu orqali tizimli zarar yetkazmoqchi, degan fikrda.

Viktor Orbanning tinchlik missiyasi

Ma’lumki, Vengeriya ayni payt Yevropa Ittifoqiga raislik qilmoqda. Shu asnoda Bosh vazir Viktor Orban Ukrainadagi urushni tugatish uchun Kiyev, Moskva, Pekin va NATO sammitidan so‘ng AQSH Prezidenti Bayden qolib, Oq uyning sobiq rahbari Tramp bilan uchrashgan. Orban Tramp ikkinchi prezidentlik davrida urushni tugatishga va’da berganini aytgan.

NATO tarkibidagi ittifoqchilari Orbanning harakatidan norozi. Yevropa Ittifoqi davlatlarining ko‘plab yetakchilari ham Ukrainadagi urush bo‘yicha muhokamalarda Orban ittifoq nomidan gapirishga haqqi yo‘qligini iddao qilishdi.

– Menimcha, xalqaro huquqni buzayotgan avtoritar rejim bilan suhbatlashishdan ma’no yo‘q, – degan Finlyandiya Prezidenti Aleksandr Stubb.

– Hamma rahbar ham muzokara olib boravermaydi. Buning uchun odamda qandaydir kuch bo‘lishi kerak, – dedi ayni mavzuga to‘xtalib Zelenskiy NATO sammitidagi matbuot anjumanida.

Orbanning tinchlikka erishish borasidagi sa’y-harakati haqida so‘ralganda, Oq uyning milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Jeyk Sallivan Ukraina Kiyev ishtirokisiz tinchlik kelishuvi bo‘yicha muzokara olib borishga urinishdan havotirda ekanini aytgan:  

– Ukrainaning roziligisiz yoki ko‘magisiz amalga oshirilayotgan har qanday avantyurizm bizning siyosatimizga, AQSH tashqi siyosatiga zid.

G‘azodagi vaziyat

Qo‘shma Shtatlar rahbari aytishicha, Isroil va HAMAS o‘t ochishni to‘xtatish tamoyili yuzasidan kelishib olgan. Afsuski, g‘azoliklar hamon o‘q va tahdid ostida.

G‘azo mahallalarida haddan tashqari ko‘p evakuatsiya qilish holati kuzatilyapti. Minglab falastinliklar tez-tez ko‘chyapti. Yakshanba kuni Isroil harbiylari G‘azo shimolidagi Tuffoh, Daroj va Eski shahar mahallalarini zudlik bilan evakuatsiya qilishga buyruq bergan.

<iframe width="853" height="480" src="https://www.youtube.com/embed/VRb7W0FhoBw" title="Erdogʻanning chaqirigʻi, NATOdagi vaʼdalar va Baydenning xatosi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

10 iyul kuni G‘azo janubidagi maktab yaqinida, qochqinlar lageriga uyushtirilgan hujum tufayli kamida 29 falastinlik halok bo‘ldi. O‘nlab odam yaralandi.

NATO a’zosi bo‘lgan Turkiya Falastinda keng qamrovli va mustahkam tinchlik o‘rnatilmaguncha, alyans doirasida Isroil bilan hamkorlik qilish tashabbusini ma’qullamasligini bildirdi. Bu haqda Prezident Rejep Tayyip Erdog‘an NATOga a’zo Davlat va hukumat rahbarlari sammitidan so‘ng uyushtirilgan matbuot anjumanida so‘z ochdi.

“Dunyo hamjamiyati falastinlik tinch aholiga qarshi hujumlarni to‘xtatish uchun oldinga chiqayotgan bir paytda Isroilga harbiy yordam ko‘rsatishni davom ettirishni mutlaqo qabul qilib bo‘lmaydi”, degan Erdog‘an.

Sardorbek Poyonov, Iskandar Ismatov (video), O‘zA.