Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Erdog‘an Zelenskiy bilan telefonda gaplashib oldi
18:51 / 2022-09-28

Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an ukrainalik hamkasbi Vladimir Zelenskiy bilan telefon orqali suhbatlashdi va Zaporoje atom stansiyasi atrofida qurolsizlantirilgan hudud yaratish bo‘yicha vositachilik qilish taklifini berdi.

“Anadolu” agentligi xabariga ko‘ra, mamlakat rahbari Rossiya va Ukraina o‘rtasida uzoq vaqt davom etgan mahbuslar almashinuvi jarayoni muvaffaqiyatli yakunlanganidan mamnunligini izhor qildi.

Erdog‘an, shuningdek, Ukraina g‘allasini Qora dengiz orqali eksport qilish bo‘yicha kelishuv ishlayotganini ham ta’kidladi va shundan so‘ng navbatdagi taklifini ilgari surdi. Turkiya yetakchisi fikriga ko‘ra, yuqoridagi kabi yondashuvni Zaporoje AES majmuasida ham ko‘rsatish mumkin, ya’ni u stansiya atrofida qurolsiz hudud hosil qilishda yordam ko‘rsatishga tayyor.