Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an va Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan o‘rtasida telefon muloqoti bo‘lib o‘tdi, deb xabar berdi “Anadolu” agentligi.
Tomonlar munosabatlarning bugungi holati va mintaqa kun tartibida turgan muhim masalalarni muhokama qilishgan, deyiladi xabarda.
Ikki yetakchi mustahkam tinchlik va barqarorlik ta’minlanishi mintaqa barcha mamlakatlarining taraqqiyoti va farovonligiga xizmat qiladi, mazkur yo‘nalishda diplomatik sa’y-harakat davom ettiriladi, deb bayonot berdilar.
Erdog‘an Pashinyan bilan telefon suhbati o‘tkazishidan avval Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev bilan telefon muloqoti o‘tkazgan.
Turkiya yetakchisi “Qorabog‘dagi amallar noto‘g‘ri bo‘layotgani va ularni qabul qilib bo‘lmasligi”ni aytgan.
9 sentyabrda e’tirof qilinmagan Tog‘li Qorabog‘ respublikasi parlamenti o‘z yetakchisini sayladi. Ozarbayjon TIV Armanistonga qarata bu saylov Qorabog‘dagi vaziyatni yanada keskinlashtirishini ta’kidlagan.