Erdog‘an va Asad telefon muloqoti bo‘ladi...mi?
Turkiya va Suriya Prezidentlari Rejep Tayyip Erdog‘an va Bashar Asad Rossiya yetakchisi Vladimir Putinning taklifi bilan telefon orqali muloqot qilishi mumkin, deb xabar tarqatdi “Turkiya” gazetasi.
“5 avgust kuni Sochida Erdog‘an va Putin Suriya masalasida fikr almashgan. Turkiya Prezidenti mahalliy jurnalistlar bilan suhbat davomida Putinning “u yerda terror tashkilotlari bo‘lishiga qaramay, imkon qadar mavjud rejim bilan birga muammoni hal etsangiz to‘g‘ri bo‘lar edi”, deganini aytgan. Ushbu ma’lumot ancha shov-shuvga sabab bo‘lgandi.
Turkiya yetakchi bunga javoban “hali erta”, degan.
Shundan keyin “balki telefon muloqoti o‘tkazilar”, degan mavhum gap yuzaga chiqdi.
O‘z navbatida matbuot kotibi Dmitriy Peskov Rossiya va Turkiya Prezidentlari o‘rtasida Suriya muammosi ko‘rilganini tasdiqlab, “qolgani Anqara va Damashqning ikki tomonlama masalasi”, deya bayonot berdi.